Bitta CPU yadrosi bir vaqtning o'zida faqat bitta thread bajarishi mumkin. U hozirgi thread ni to‘xtatib, istalgan vaqtda boshqa thread ni bajarishga qaror qilishi mumkin. Odatda, 4 yadroli CPU bir vaqtning o‘zida 4 ta thread ni bajara oladi. Process — bu ishga tushirilgan dastur nusxasi hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, kompyuteringizda istalgan dastur ishga tushirilganda, biror jarayon yaratiladi. Bu jarayon o‘zining alohida xotira manzili (memory address space)ga ega bo‘ladi va unda bir yoki bir nechta threads bo‘lishi mumkin. Threads — process ichida bajariladigan buyruqlar ketma-ketligidir. Threads bir xil jarayonning xotira manzilini bo‘lishib ishlaydi, bu esa ularning parallel ravishda bajarilishiga imkon beradi.